So’nggi yangiliklar

14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  0 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  1 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  3 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2

Ravshan Haydarov: "Toshkentdagi yig'in foydali va samarali bo'ldi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Toshkentdagi yig'in foydali va samarali bo'ldi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilar ishtirokida Toshkentda yig'in o'tkazgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'in doirasida O'zbekisiton OTJ “Lokomotiv” klubi o'rinbosarlariga qarshi bitta nazorat uchrashuvi o'tkazib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur yig'ini foydali va samarali bo'lganini aytib o'tdi.

“Toshkentdagi yig'inga 1997 yil va undan keyin tavallud topgan futbolchilarni jalb qildik. Asosiy maqsad O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga yangi nomzodlarni saralab olish. Xitoydagi Osiyo chempionatida g'alaba qozongan futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi bilganimiz uchun ularni ushbu yig'inga jalb qilmadik.

Oldimizga 2020 yil Tokioda bo'ladigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Mazkur vazifani uddalash uchun ko'p mehnat qilishimiz zarur. O'z o'rnida bizga mana shunday yig'inlar tashkilib qilib, barcha sharoitlarni yaratib berayotgan O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman.

Bunday yig'inlar juda foydali va samarali. Yig'inga nafaqat Superliga, balki Pro-liga jamoalaridan ham futbolchilar jalb qildik. O'quv-mashg'ulotlari davomida o'zimiz uchun yangi futbolchilarni kashf qildik. Pro-ligada ham ajoyib futbolchilar bor. Hozirdan shuni aytishim mumkinki, Pro-ligada to'p surayotgan bir-ikki nafar futbolchida asosiy tarkibga kirish uchun yaxshigina imkoniyat bor.

Yangi futbolchilar qancha ko'p bo'lsa, raqobat kuchayadi. Bu esa barcha futbolchilarga o'z ustilarida tinmay ishlab borish uchun motivaciya beradi.

Futbolchilarning jismoniy holatini sinovdan o'tkazish maqsadida, O'FA Ilmiy-texnik guruhi xodimlari bilan hamkorlikda test-sinovlari o'tkazdik. Testlar natijalarini qoniqarli deb aytish mumkin. Olimpiya terma jamoasi uchun nomzod futbolchilar uchun maxsus jismoniy yuklamalar ishlab chiqildi va ular to'p surayotgan jamoalar murabbiylariga taqdim qilindi. Biz terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy holatini doimo nazorat qilib boramiz.

Yig'in davomida “Lokomotiv” o'rinbosarlariga uchrashuv o'tkazildi. O'yin davomida futbolchilarning maydonda fikrlash qobiliyati, texnik-taktik imkoniyatlarin ko'zdan kechirdik, kamchiliklarni tahlil qilib, tegishli ko'rsatmalar berdik.

Bunday yig'inlar yil davomida yana o'tkaziladi. Olimpiya terma jamoasi shu tarzda shakllantirib boriladi. 2020 yil Tokioda bo'ladigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritib, xalqimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ladi, degan umiddamiz”, - deydi Ravshan Haydarov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика