So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Ravshan Haydarov to'g'ri tanlovmi? Yangiliklar

Ravshan Haydarov to'g'ri tanlovmi?

Srechko Katanec boshchiligidagi murabbiylar shtabidan Ravshan Haydarov ham joy olishi haqida xabarlar tarqaldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanec Toshkentga kelganiga bugun oltinchi kun bo'ldi. Biroq hozircha ushbu mutaxassis bilan shartnoma imzolangani yo'q. Malum bo'lishicha, yangi murabbiy o'zbek futbolidagi shart-sharoitlarni o'rganyapti, stadionlarni ko'ryapti va kerak paytda o'z maslahatlarini beryapti. 

Toki shartnoma imzolanmas ekan, bosh murabbiy deyish ham biroz noqulay. CHunki har narsa bo'lishi mumkin. Lekin faraz qilamiz, shartnoma imzolandi va Katanec ishga kirishdi. Uning murabbiylar shtabida kimlar bo'ladi?

Sloveniyalik murabbiy o'zining ikki nafar yordamchisi bilan tashrif buyurdi. SHuningdek unga mahalliy murabbiy ham ko'maklashadi. Bu - Ravshan Haydarov. Malumki, Ravshan Haydarov hozirda O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. U bilan shu paytgacha terma jamoada ishlab kelgan to'liq tarkib ham milliy jamoaga o'tadi deyishyapti. Yani, bu o'rinda shifokorlar, massajchilar, administrator va boshqa murabbiylarni nazarda tutyapmiz. 

SHunday bo'ldi ham deylik, bu tanlov qanchalik o'zini oqlaydi? Quyida shu haqda bazi fikr-mulohazalarni bildiramiz. 

Katanecga mahalliy murabbiy kerakmi? 

Murabbiylar turlicha bo'ladi. Ayniqsa xorijliklar. Kimdir murabbiylar shtabini to'liq o'zi bilan olib keladi. Jamoada faqat o'zi kabi xorijliklar ishlaydi. Masalan, Ektor Kuper bilan shunday bo'lgandi. Kimdir esa o'zi bilan faqat ikki yo uch nafar yordamchisini olib keladi va yangi ish joyida unga mahalliy murabbiyni berishsa etiroz bildirmaydi.

Srechko Katanec murabbiylar shtabida mahalliy murabbiyi bo'lishi kerakligini o'zi xohladimi yoki O'FA sizga shu kishi yordam beradi deb Haydarov variantini taqdim etdimi, ochig'i bizga malum emas. Aytaylik, Katanec Toshkentga kelishidan oldin bazi savollar muhokama qilib olingan va menga mahalliy murabbiy kerak, chunki futbolchilarni va umuman futbolingizni yaqindan bilmayman degan bo'lishi mumkin. Va shundan so'ng O'FA rahbariyati bu borada bir qarorga kelib, Ravshan Haydarov nomzodini maqullagan bo'lsa kerak. 

Haydarov necha yoshda, Katanec-chi?

Ravshan Haydarov shu yilning 15 iyul kuni 60 yoshni qarshi oldi. Buni qarangki, Srechko Katanec 16 iyulda tug'ilgan va 58 yoshga to'ldi. Biz nima uchun yosh haqida gapiryapmiz? Odatda bosh murabbiyning yordamchilari o'zidan kichik bo'ladi. Masalan, "Manchester Siti"da Mikel Arteta bir-ikki mavsum Gvardiolaga yordamchilik qildi va shundan so'ng "Arsenal"ga borib mustaqil faoliyatini boshladi. 

Bu o'rinda yordamchi murabbiy ish paytida bosh murabbiyga yordam berish bilan birga o'zi ham mustaqil nimanidir o'rganib boradi va shu orqali tajriba to'playdi. Aytaylik, Katanec 58 yoshda, Ravshan aka esa undan ikki yosh katta. SHunday bo'lgach, Haydarovning terma jamoa murabbiylar shtabida ishlashi birinchi g'alatilikni keltirib chiqaradi. Albatta, bular muallifning shaxsiy fikri va bunday bo'lmasligi ham mumkin. 

Balki Katanec uchun yordamchilarining yoshini ahamiyati yo'qdir. Lekin erta-indin mashg'ulot paytida Katanec Haydarovga qarab, "Fishkani bunday qo'ying, darvozani nariroq suring" deb baland ovozda gapirishiga ishonmayman. CHunki bu erda yosh farqi bor, o'zaro hurmat bor. Har holda Katanec o'zidan ikki yosh katta murabbiyni, bo'lib ham O'zbekistonning turli yoshdagi jamoalarini boshqargan murabbiyni tergamasa kerak.

Yordamchi murabbiy - bosh murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi ko'prik

Yordamchi murabbiy kim? Avvalo bosh murabbiyning yordamchisi. SHuningdek, u bosh murabbiy bilan futbolchilar o'rtasidagi ko'prik bo'lishi kerak. Aytaylik, Katanec yangi murabbiy, ko'p futbolchilarimizni tanimaydi, ularning oilaviy ahvolidan va biror muammosi bor-yo'qligidan xabari yo'q. Bu o'rinda unga kim yordam beradi? Albatta, mahalliy yordamchi murabbiy. 

Masalan, qaysidir futbolchining nimadir zarur ishi yoki muammosi chiqib qoldi, chunki bu holat barcha bilan sodir bo'lishi mumkin. SHunday payt futbolchilar to'g'ri bosh murabbiyga borib gapirishga iymanadi va yordamchi murabbiydan foydalanadilar. Bu o'rinda futbolchi muammosi haqida yordamchi murabbiyga og'iz ochadi va yordamchi murabbiy o'z paytida bosh murabbiyga etkazadi. 

Yangi tuziladigan O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida Ravshan Haydarov yordamchi bo'lgani bilan bir necha yillardan buyon bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgani bois futbolchilar Ravshan akaga ham gapirishga iymanishlari mumkin. Bu o'rinda yoshroq murabbiy bo'lsa, ular bemalol ichidagini aytadi. Ehtimol, bu u qadar jiddiy masala emasdir, lekin erta-indin shunday muammo bo'lib qolmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 

Beraylik yoshlarga imkoniyat!

Ravshan Haydarovga nisbatan hurmatimiz baland. U kishi qariyb 20 yildan beri turli terma jamoalar bilan ishlab kelmoqda. Bir qator yutuqlarga erishgan. Biroq Ravshan Haydarov U-22 terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'la turib, milliyda Katanecga yordamchilik qilishi g'alati ko'rinadi. Qachonki futbolda hamma faqat o'z ishi bilan mashg'ul bo'lmas ekan, o'zbek futboli bundan foyda topmaydi. 

Masalan, Haydarov faqat U-22ga javob bersin, Kapadze faqat U-19ga. Terma jamoani esa Katanecning o'ziga qo'yib beraylik. Kerak bo'lsa, faqat xorijliklar ishlasin. Futbolchilarni o'zi topsin, o'zi tanlasin, o'zi o'ynatsin, natija uchun ham o'zi javob bersin. Atrofida maslahatgo'ylari bo'lmasin. Agar Katanecning o'zi menga mahalliy murabbiy kerak desa, beraylik yoshlarga imkoniyat! Topaylik biror klubda yoki jamoada ishlamayotgan yosh murabbiyni. Axir har yili licenziya oladigan o'nlab murabbiylar chiqyapti-ku.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика