Ravshan Haydarov Osiyo chempionatining qishda o'tkazilishidan xavotirda emas
25 iyu 2017 11:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/266383_original.jpg)
![](/upload/storage/266383_220.jpg)
Ravshan Haydarov Osiyo chempionatining qishda o'tkazilishidan xavotirda emas
O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Intervyu mobaynida Ravshan Akmalovich terma jamoaning saralashdagi muvaffaqiyati haqida gapirgan hamda U-22 Osiyo chempionati qishda bo'lib o'tishidan xavotirda emasligini aytgan.
Malumki, mazkur musobaqa kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadi. Noyabrda bizda mavsum tugaydi, yanvarda futbolchilar endi-endi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lishadi. Osiyo chempionati esa 9-27 yanvar kunlari o'tkaziladi.
Ravshan Haydarov bu borada shunday fikr bildirgan: "Bunday musobaqa qishda birinchi marta bo'layotgani yo'q. Bizda qishning bu paytida o'ynash bo'yicha xalqaro tajriba bor va bundan xavotirda emasmiz. Yanvargacha futbolchilarni tez-tez yig'ib mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib turamiz".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar