So’nggi yangiliklar

16:21Суперлига. "Шўртан" - "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 16:04"Нефтчи" — "Андижон". Таркиблар маълум  5 15:36"Жайхун" — "Арал" ва "Локомотив" — "Олимпик" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 15:12"Карван" — "Сабаҳ". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  6 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  3 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  4 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  8 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0

Ravshan Haydarov: "Ketma-ket ikkita o'yinda ikkita avtogol? Nima bo'layotganiga o'zim ham hayronman" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Ketma-ket ikkita o'yinda ikkita avtogol? Nima bo'layotganiga o'zim ham hayronman"

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun juda yomon o'yin o'tkazdik. Har uch kunda o'ynayapmiz, bu o'yinga tayyorgarligimiz meyorida bo'lmagani bilinib qoldi. Tarkibda ham muammolarimiz borligi o'z tasirini ko'rsatdi. "Buxoro" jamoasi yaxshi o'ynadi, ularni g'alaba bilan tabriklayman. 

Raqibni bir kun ko'p dam olgani bilindi, jismoniy tomondan ular bizdan ustun kelishdi. Tarkibimizdagi muammolar haqida gapiradigan bo'lsam, hujumchimiz Kasyan bugun maydonga tushmadi. Stanoevich hali safimizga qaytmadi. Jismoniy holatimiz ham yuqori darajada emas. Pandemiya, futbolchilarni kasallanishi, jarohatlar bari o'zining tasirini ko'rsatmoqda. Har uch kun o'ynash qiyin bo'lmoqda. 

Afsuski, ikkinchi o'yinda ham avtagol hisobiga ochko yo'qotmoqdamiz. Nima bo'layotganiga o'zim ham hayronman. Jamoani kuchaytirishni o'ylamoqdamiz, "Paxtakor"dan Ibrohim Yo'ldoshev biz bilan birga shug'ullanmoqda. Hali ro'yxatdan o'tkazmadik. Tashkiliy tomondan ham ayrim muammolar bor. 31 avgustga qadar yangi futbolchilarni qo'shib olishga harakat qilamiz", - deydi Ravshan Haydarov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика