So’nggi yangiliklar

08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  3

Ravshan Haydarov: "Jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi"

U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston - Isroil uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrini bildirdi.

"Afsuski, alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yinni yomon o'tqazmadik. Raqib bilan tengma-teng o'yin namoyish etdik. Vaqti-vaqti bilan ustunlikka ham erishdik. Hatto gol urdik. Darvoza to'sinini nishonga oldik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Bunday o'yinda tizginni ushlab turish qiyin. Umarali Rahmonalievning maydonda yo'qligi bilinib qoldi. Birinchi bo'limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik. SHu bois, o'yinni zaxira futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qildik. Afsuski, o'yin so'ngida raqib jamoa bosimni kuchaytirdi. Xatolar yuzaga keldi va standartdan gol o'tkazib yubordik. Bu juda alamli mag'lubiyat. 

O'yin davomida hujumchilar tetik harakat qilishdi, ammo boshqalar jismoniy tarafdan qarshilik ko'rsatishga qiynaldi. SHu bois, pozicion uslubni afzal ko'rdik. Faqatgina qo'shimcha bo'limlar to'g'risida o'ylab qolganimiz yo'q. Qarshi hujumlar tashkillashtirishni maqsad qilgandik. 

Bu kabi musobaqalar taqvimini belgilash bizning qo'limizda emas. Turnirga tayyorlanish uchun qancha uzoq muddat bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu yoshdagi yigitlarning ruhiyati o'zgaruvchan. Mag'lubiyatni ham, g'alabani ham to'g'ri qabul qilish kerak. Biz bu jabhada ham harakat qildik. Ehtimol, yigitlar o'ziga bo'lgan talabni kamaytirgandir. Bu o'zaro suhbat yoki mashg'ulotlarda ko'zga tashlanmasa ham, mana shunday katta o'yinlarda bilinib qoladi. O'ylaymanki, jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi. Jamoaning kelajagi bor. Ushbu natijalar ularning karerasining mustahkam bo'lishiga xizmat qilishi kerak. Yigitlar hali yosh, ularni hali boshqa musobaqalar kutib turibdi. 

Nematjonov jarohat oldi, shu bois almashtirildi. U maydonda o'z imkoniyatini ko'rsatishga harakat qildi. Xoldorxonov ham shunday og'ir uchrashuvda imkoni boricha harakat qildi. Futbolchilarga bazi vaziyatlarda biroz tajriba etishmadi. Har bir o'yinchida rivojlanish jarayoni turlicha bo'ladi. Bunday turnirlar esa ular uchun imkoniyat sanaladi", dedi yoshlar terma jamoamiz ustozi.

Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика