So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ravshan Haydarov: "Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o'rin olgan" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o'rin olgan"

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov saralash turniri startidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va OAV xodimlari savollariga javob berdi.

"Avvalo, ushbu turnir tashkilotchilariga hamda Osiyo Futbol Konfederaciyasiga mazkur saralash turnirini yuqori saviyada tashkil etishga sharoit yaratib berganliklari O'FF hamda shaxsan o'zim nomimdan minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoalar uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan", - deydi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

"Biz ham o'z navbatida turnirga yaxshi maqsad va vazifalarni ko'zlagan holda tashrif buyurdik. Guruhdagi barcha jamoalarga omad tilayman. O'ylaymanki, turnirga etarlicha va yaxshi sharoitda tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi kunda terma jamoaga mashg'ulotlarda va turnirlar davomida o'zlarini ko'rsatgan va har jihatdan terma jamoaga munosib futbolchilar jalb etilgan."

"U-22 terma jamoasi bu milliy terma jamoadan keyingi ikkinchi jamoa. Butun dunyoda shunday. SHuning uchun bu terma jamoaga ham etibor katta. Ushbu turnir futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishlari uchun yashigina imkoniyat. Ular aynan shunday turnirlar va yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi o'yinlardan keyin tajriba to'plashlari va o'sishlari mumkin. Ushbu turnir ham futbolchilarga ajoyib imkoniyat. Bu ular uchun Osiyo chempionati musobaqasi tramplin vazifasini o'tashi mumkin. Biz ham milliy terma jamoaga munosib futbolchilarni etishtirib berishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz", - deydi Haydarov.


Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика