So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Ravshan Haydarov: Guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig'ildi Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig'ildi

Xitoyning CHanchjou shahrida bugun, 24 oktyabr kuni U-23 Osiyo chempionati–2018 guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-23 termasi “A” guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida jamoa Xitoy, Qatar va Ummon bilan kuch sinashadigan bo'ldi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qura natijasi, jamoalar salohiyati va guruhdagi vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Xitoy terma jamoasining mezbon sifatida ishtirok etishini hisobga olmasa, guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig'ildi, deyish mumkin”, – dedi  Ravshan Haydarov O'FF matbuot xizmatiga. “Xitoy va Qatar yoshlari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik va ularning qanday salohiyatga ega jamoa ekanligini bilamiz. Ummon esa saralash bahslarida Eron guruhda qoldirib, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqa oldi. Bu ham ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolatdir”.

“Umuman olganda, musobaqada har jihatdan teng kuchga ega jamoalar ishtirok etadi va ularning imkoniyatlarini deyarli bir xil. Barchasi jamoalarning musobaqaga qanday kayfiyatda va qay tarzda tayyorgarlik bilan kelishiga bog'liq. Bu yoshdagi terma jamoalar orasida kimnidir favorit yoki aksincha autsayder deyish mushkul. Ushbu musobaqa juda ko'p futbolchilar uchun milliy terma jamoaga tramplin sifatida xizmat qiladi. Bizning terma jamoa futbolchilari uchun ham musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu musobaqa orqali ular milliy terma jamoaga munosib ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi”.

Malumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 8–27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo'lib o'tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o'rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика