Ravshan Haydarov: "Yoshlar termasiga kirish hamma futbolchining o'ziga bog'liq"
23 fev 2015 19:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/163277_original.jpg)
![](/upload/storage/163277_220.jpg)
Ravshan Haydarov: "Yoshlar termasiga kirish hamma futbolchining o'ziga bog'liq"
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Navbahor"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi. 2:1 hisobida "lochinlar" g'alabasi bilan yakunlangan bahsdan so'ng Ravshan Haydarov fikrlari bilan qiziqdik.
"Fevral oyiga tashkillashtirilgan yig'inimizda asosan sinovdan o'tayotgan yoshlar ishtirok etmoqda. Jamoaning etakchilari o'z klublari bilan OCHLsining 1-turida ishtirok etadi. 1 bosqich yig'inimiz shu bois etakchilarsiz o'tadi. Bundan foydalangan holda ko'plab yoshlarni sinovdan o'tkazib , saralab olamiz. Barchaga imkoniyat berishimiz kerak. Yig'in doirasidagi birinchi o'yinimiz bo'lgani bois kirish ketish va boshqa kamchiliklarni ham ko'rdim. Bu o'yinda bizga ko'proq natija emas, futbolchilarni individual harakatlarini ko'rmoqchi edim. Albatta, bu yangi o'yinchilar bilan yana bitta o'yin tashkil etamiz. Yoshlar terma jamoasiga kirish hamma futbolchining o'ziga bog'liq. Agar mana shu o'yinlarda o'zini ko'rsata olsa, ikkinchi yig'imizga ham jalb etiladi"
"Keyingi yig'inimiz ham Toshkentda bo'ladi va bu yig'in 25 fevraldan boshlanadi. Bunda etakchilar ham ishtirok etadi. Bunda ham besh kunlik yig'in bo'ladi. Bu yig'in so'nggida Bekobodning "Metallurg" klubi bilan bitta nazorat o'yini bo'ladi" , - deydi Ravshan Akmalovich.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar