Ravshan Haydarov: "Tanlagan taktikamiz bugun ish berdi"
12 apr 2014 19:45
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Tanlagan taktikamiz bugun ish berdi"
"Andijon" - "Dinamo" (2:3) bahsi poyoniga etgach matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida samarqandliklar ustozi Ravshan Haydarov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
- O'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Avvalo maydonning xolati yaxshi emasligi mazmunli o'yin ko'rsatishimizga xalal berishi mumkinligi uchrashuvdan oldin bizni xavotirga solgandi. Lekin shunga qaramay bugun har ikkala jamoa ham g'alaba uchun jiddiy kurashdi. Garchi kombinacion o'yin namoyish etish imkoni bo'lmagan ersada, maydonning har bir qarich erida jang bo'ldi. Aslida ham bunday nam maydonlarda kurash ikki hissa ortadi. Mana shunday ruhda o'tgan o'yinda omad bizga kulib boqdi. Bugun shogirdlarim to'g'ri o'yin ko'rsatishgani uchun ham g'alabani ilib ketdik deb o'ylayman. Lekin buning aksi bo'lishi mumkin edi, - deb gap boshladi Ravshan Haydarov.
- Hisob 2:1 ko'rinishga keltirilganidan keyin ham g'alabadan umidni uzmadik. CHunki har bir bahsga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Boz ustiga bu yil tarkibimiz yaxshi shakllantirildi. Qishki tayyorgarlik ham ko'ngildagidek o'tdi.
- Mazkur o'yindan oldin tarkibda jiddiy muammolar bor edi. Xususan Zayniddin Tojiev, Akmal Xolmurodov hamda Avaz Agaliev o'tgan o'yinda jarohatga yo'liqqandi. SHu bois ularni bugun zaxiradan tushirdim. Meni xursand qilgani shunga qaramay bugun bu futbolchilar zaxiradan tushib o'yinimizni kuchaytira oldi.
- Etakchi o'yinchilarning ayrim pallalarda jamoaga yordam bera olmayotganida ularning o'rnida harakat qilayotgan boshqa futbolchilarimiz buni bilintirmaslikka harakat qilayotgani to'g'ri yo'ldan ketayotganimizni anglatadi.
- Zayniddin Tojievni kichik jarohati bo'lishiga qaramay uchrashuv oxirlarida maydonga tushirdim. Tajribali hujumchi bahs oxirlarida raqib himoyachilariga bosim o'tkaza oldi va biz yakunda g'alabaga erishdik. Bunda Tojievning ham xizmati katta bo'ldi.
- Bunday maydonda o'ynab Andijonning o'yin sifatiga tayinli bir baho berish qiyinroq. Balki bu jamoaning yigitlari bir-birlari bilan haligacha to'liq tushunib ketishlari qiyin kechayotgandir. Bu narsarlar o'tkinchi deb o'ylayman. Bugun bizga omad kulib boqdi. Mezbonlar ikkinchi bo'limda harakter ko'rsatib ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
- G'alaba qozonganimizda to'g'ri taktika tanlaganimiz muhim o'rin tutdi. Uchrashuvdan oldin yog'ib o'tgan yomg'ir, Andijonning shu kungacha o'tkazgan o'yinlari, mahalliy muxlislarning qo'llab-quvvatlashi hamda uning turnir jadvalidagi o'rnini bilgandik va bizga bu kuchli bosim tug'dirishini sezgandik. SHunga mos ravishda taktika ishlab chiqdik. Uchrashuvdagi birinchi gol aynan oldindan rejalashtirilgan taktika bo'yicha kiritildi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham bir nechta vaziyatlarni sodir etdik. Bularning hammasi to'g'ri taktika tanlay olganimizdandir, - deydi Haydarov.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar