So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  19 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2 02:43А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб!  19 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  1 00:42"Ньюкасл" камбэк амалга ошириб, "Астон Вилла"ни Англия Кубогидан чиқариб юборди  3 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалабага эришиб, 2-ўринга қайтди. Роналдудан навбатдаги гол!  5 23:47Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити" - "Салфорд Сити" учрашуви энг яхши футболчиси деб топилди  4 23:32Илҳом Абдуғаниев воҳа клуби билан шартнома имзолади  2 23:16УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади  5 22:57Расман: "Металлург" Азим Аҳмедов билан шартнома имзолади  3 22:48Харри Кейн фаолиятидаги юбилей голини урди  2 22:26Германия. "Байер" ва "Бавария"дан йирик ғалабалар  1 22:11ОКМК Россия жамоасига имкониятни бой берди  0 21:50Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  54 21:40"Шўртан" Тожикистон клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Ravshan Haydarov: "Dinamo"da hammasi joyida Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Dinamo"da hammasi joyida

Ikkinchi davrada "Dinamo"ni xafvli zonadan olib chiqib keta olgan Ravshan Haydarov jamoani yangi mavsumga jiddiy tayyorlash niyatida
Murabbiyning "SA"ga xabar qilishicha, "Dinamo" 15 dekabr kuni o'z yig'inini Samarqandda boshlaydi. Dastlabki 1 haftalik mashg'ulotlarda mahalliy yoshlar ishtirok etadilar. Ular asosan 1994 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilar bo'ladi. Asosiy maqsad, jamoada mahalliy futbolchilar sonini oshirish.
 
22 dekabrdan boshlab asosiy tarkib yig'in boshlaydi. 10 yanvar kuni mashg'ulotlar Toshkentga ko'chadi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, "Paxtakor"dan ijara asosida "Dinamo" safiga kelib qo'shilgan futbolchilar 2014 yilda ham jamoada qoladilar. Albatta, bu muxlislarni quvontirishi aniq.

"Jamoa rahbariyati etarli sharoitlarni yaratib berganligi uchun ulardan minnatdormiz. Barcha futbolchilar bilan hisob-kitob ishlari yakuniga etgan. Klub rahbariyati o'z oldiga qo'ygan majburiyatini to'liq ado etib bo'lgan. Endi yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Mahalliy futbolchilarga ham jiddiy etibor qaratish niyatidamiz. Rejaga fevral oyida xorij safari ham kiritilgan. Joriy mavsum jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar biz bilan qolishga tayyorlar", - deydi Ravshan Akmalovich.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика