So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  685 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  1 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Ravshan Haydarov: "Bugungi o'yin jismoniy tomonlama to'g'ri yo'lda ekanligimizni bildiradi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bugungi o'yin jismoniy tomonlama to'g'ri yo'lda ekanligimizni bildiradi"

Yangi Zelandiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Avvalambor, muxlislarni, ayniqsa Farg'onalik futbol muxlislarini yana bir ajoyib stadion qurilgani bilan tabriklayman. Futbol rivojlanishi uchun hukumat tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Biz esa o'z o'yinlarimiz bilan bunga munosib javob qaytarishimiz lozim. Bu g'alaba - yangi stadion qurilgani uchun bizning minnatdorchiligimiz, deya so'z boshladi Ravshan Haydarov.

- Terma jamoa mundialga tayyormi?
- Tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Biz ushbu yig'inimizda JCHda bo'ladigan tartib bo'yicha tayyorlanmoqdamiz. O'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblarimiz saviyasi ham aynan JCHga mos. Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin Fijiga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik vazifasini o'taydi deb hisoblasak ham bo'ladi. Bu yig'inlarning albatta foydasi bo'ladi.

- Jahon CHempionatida qanday maqsadlar qo'yiladi?
- JCHda albatta bundan avvalgi yoshlar terma jamoalarimiz yaxshi natijalar ko'rsatishgan, kuchli sakkizlikka kirishgan. O'ylaymanki, biz ham bundan yomon natija ko'rsatishimiz mumkin emas. Biz ham yuqori o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.

- Germaniya terma jamoasi haqida...
- Germaniya kuchli raqib. Ularni o'rganishda davom etmoqdamiz. Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda ularga qarshi o'yin modelini sinab ko'rdik. Germaniyaga qarshi o'ynash mumkin. O'yinga tayyorlanishda davom etmoqdamiz.

- Portugaliyadagi yig'indan so'ng jismoniy tomonlama tiklanish jamoaga og'irlik qilmadimi?
- Aytib o'tganimdek, tayyorgarliklarimiz JCH rejimida ketmoqda. Albatta o'yinlar, uzoq parvozlar yigitlarni toliqtiradi. Ammo, biz bunga tayyor bo'lishimiz lozim. Bugungi o'yinda uzoq parvozlarning tasiri sezilmadi. Bu esa jismoniy tomonlama to'g'ri yo'ldan ketayotganimizni bildiradi. SHu tempda davom etishimiz lozim. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p.

- O'yindan kelib chiqadigan bo'lsak, yigitlarda standart vaziyatlarni bajarishda, jarima to'plarini tepishda nizolar kelib chiqdi. O'rinboev penaltidan gol kirita olmagach, unga hech kim to'pni oshirmay qo'ydi...

- Umuman, siz aytayotgan vaziyatda to'pni Hamdamov tepishi kerak edi. Ammo, u vaqtda Doston almashtirib bo'lingandi. U vaqtda yigitlar o'ylangan reja haqida maslahatlashishayotgandi. Penalti borasida esa Zabihillo hamda Eldor SHomurodovga ishonch bildiramiz.

-Zabihillo O'rinboevga yakuniy qaror chiqarish borasida o'ziga ishonch etishmayapti. Zamonaviy futbolda esa himoyachilar raqib futbolchisini o'ylab o'tirishini kutishmaydi...
-Zabihillo o'yin muhitini yaxshi his qiladi. To'g'ri, vaziyatni golga aylantirish borasida oqsayapmiz. Hujumchilarimizning o'yin uslublari turlicha. Eldorning ham, Dostonning ham, Zabihilloning ham o'ziga yarasha vazifalari, kuchli tomonlari bor. Bu o'yin uslubimizga bog'liq.

-Temur Tolipov terma jamoaga qanchalik kirishib keta oldi va u JCHga borishga tayyormi?
-U iqtidorli futbolchi. Uni anchadan beri bilaman. Lekin, malum vaqt uning o'yinida pasayish yuz berdi va shu sababli Osiyo CHempionatiga bora olmadi. Ammo, u vaqtida o'ziga kelib oldi va ishlashda davom etdi. Jamoaga kirishib ketish borasida esa muammo bo'lgani yo'q. CHunki, u terma jamoa azosi. Faqatgina Osiyo CHempionati vaqtidagi formasi maqul kelmagani uchun u erga bormagandi.

-Hamdamov qolgan ikki hujumchiga nisbatan ajralib qolgandek taassurot uyg'otdi...
-Aytib o'tganimdek, jismoniy tayyorgarlik, uzoq parvozlar barchaga xar xil tasir qiladi. U bundan avvalgi o'yinlarda maydonda to'liq harakat qilgandi. Balki, bu o'z tasirini o'tkazgandir.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика