Ravshan Haydarov: “Biz bu Jahon chempionatiga ezgu maqsadlar bilan kelganmiz”
13 iyu 2015 09:24
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Biz bu Jahon chempionatiga ezgu maqsadlar bilan kelganmiz”
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Senegalga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Jahon chempionatidek yirik turnirda jamoa o'z oldiga aniq maqsad qo'yganini takidladi.
“Biz bu erga yaxshi niyatlar bilan, oldimizga aniq maqsad va vazifalar qo'yib kelgan edik. Hozircha oldingi turnirlardagi eng yaxshi ishtirokimiz bo'lib turgan kuchli sakkizstalikka kirish vazifasini uddaladik, endi navbat uni yangilashga. Biz barchamiz shu maqsad yo'lida birdamlik bilan harakat qilmoqdamiz. Bu o'yin maqsadimizni amalga oshirish uchun imkoniyatdir. Bu imkoniyatdan foydalanish va muxlislarimizni xursand qilish niyatida maydonga tushamiz”, - deydi Haydarov.
O'zbekiston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi shunindek, dastlabki ikki o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, futbolchilar o'zlariga bo'lgan ishonchni so'nggi o'yingacha yo'qotishmaganini aytdi. “Dastlabki ikki o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, futbolchilarimizda ishonch hissini yo'qotmaslikka harakat qildik. Jahon chempionatida barcha jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. O'z navbatida turnirda kutilmagan natijalar ham bo'lib turishi odatiy xol. Biz ham oxirgi imkoniyatgacha ishonchni yo'oqtmagan holda faqat g'alaba uchun maydonga tushdik va shu bosqichga etib borish nasib etdi.
“Futbolchilarning ayni damdagi kayfiyati yaxshi. Uchrashuvga jiddiy ravishda tayyorlanmoqdamiz. Senegal safida jismonan baquvvat va evropa futbol maktabini ko'rgan mahoratli futbolchilar etarli. Ularni o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib borayapmiz. Bu o'yin biz uchun ham, raqib uchun ham qiyin bo'ladi”, - deya qo'shimcha qildi bosh murabbiy.
Senegalga qarshi o'yinda Dostonbek Hamdamov diskvalifikaciya tufayli terma jamoaga yordam bera olmaydi. Terma jamoa bosh murabbiyi Hamdamovning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar haqida gapirib o'tdi.
“Bunday turnirda busiz iloji yo'q. Kimdir sariq kartochka oladi, kimdir esa jaroxati tufayli jamoaga yordam bera olmasligi mumkin. Ammo, safimizda har qanday holatda maydonga tushib jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar etarli”, - dedi Haydarov.
Eslatib o'tamiz, Senegalga qarshi chorak final doirasidagi bahs 14 iyun kuni Velingondagi “Wellington Regional Stadum”da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 09:30da boshlanadi.

Fikrlar