So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  1 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

Sayfiddin Ermatov vafot etdi Yangiliklar

Sayfiddin Ermatov vafot etdi

Uzoq yillar davomida iqtidorli sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shgan Sayfiddin Ermatovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oilasiga taziya bildiramiz.

Malumot uchun, Sayfiddin Gazievich Ermatov 1953 yil 22 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Bolaligidan futbolga mehr qo'yib, millionlar o'yini bilan shug'ullanib kelgan. Jumladan, yoshlik davrlarida "Paxtakor", "Spartak" va "Avtomobilchi" jamoalarida to'p tepgan. SHundan so'ng Sayfiddin Gazievich "Paxtakor" bolalar-o'smirlar sport maktabi va xalq orasida "CHig'atoy" nomi bilan mashhur bo'lgan futbol bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida ko'plab istedodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qo'shgan. SHogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish bo'yicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Ermatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin. SHuningdek, tarkibida Server Jeparov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Yaroslav Krushelnickiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan.

O'tganlarning oxirati obod bo'lsin!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика