So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  2 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Ravshan Bozorov: Tarkibning asosiy qismini saqlab qolamiz Yangiliklar

Ravshan Bozorov: Tarkibning asosiy qismini saqlab qolamiz

O'tgan haftada Navbahor klubida yana o'zgarishlar yuz berganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Klub rahbariyati almashgach, o'z-o'zidan bosh murabbiy ham almashtirildi.

Bungacha birinchi ligada Haqqulobodning Norin jamoasini boshqarib kelgan Ravshan Bozorov Navbahor bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ushbu mutaxassis birinchi ligada ishlash orqali o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Endi esa oliy ligada ham o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi. SHu bois Ravshan Toshpo'latovich katta ishtiyoq bilan ishga kirishmoqda. Navbahor jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin u bilan suhbatlashdik.

- Avvalambor, Navbahor jamoasi bosh murabbiyligini qanday qabul qildingiz?
- Andijonga qarshi o'yindan keyin yig'ilish bo'ldi. Unda rahbariyat meni klubga bosh murabbiy etib tayinlashdi. Jamoa azolarini ham yaxshi bilaman. Misol uchun, Dilshod Jabborov va Akram Bahriddinovni Lokomotivdagi faoliyatim orqali tanishman. Jamoaga kelganimni yigitlar ham xursandchilik bilan qarshi olishdi. Mendan talab qilinayotgan narsa shuki, Navbahorni yaxshi jamoaga aylantirish, mazmunli o'yinlar ko'rsatib, g'alabalar bilan muxlislarni quvontirishdan iborat. Yaxshi jamoa tuzganligimizni ishqibozlarga ko'rsatib berishimiz kerak.


- Adashmasam, birinchi marta oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishga kirishyapsiz va tabiiyki, bu Siz uchun debyut sanaladi. Qachonlardir shunday bo'lishini bilarmidingiz?
- Navbahorga bosh murabbiy etib tayinlashlarini kutmagandim desam yolg'on gapirgan bo'laman. Qachondir oliy liga jamoasida bosh murabbiy bo'lish ishtiyoqi bor edi. O'zimga ishonaman. Klub rahbarlari menga ishonishadi va men ham ularga ishonaman. Umuman olganda, qachondir oliy ligada bosh murabbiy bo'lib ishlashimga ishonardim.

- Unda aytingchi, Navbahordan birinchi bor taklif qachon bo'lgandi?
- Birinchi bor bir oy oldin bo'lgandi. Norin klubi rahbarlari – Davron Karimov, Murod Sobirov kabi futbol jonkuyarlarini viloyat hokimi Navbahorda ishlashga taklif qildi. O'sha paytda ular agar Navbahorda ishlasak, biz bilan birga ishlaysizmi, deb so'rashgandi. Agar Sizlarga yordamim kerak bo'lsam, albatta boraman va yordam beraman deb javob qaytargandim. Bu insonlar bilan Norin jamoasida birga ishlash orqali bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Ular faqat futbol uchun kurashadilar. Oliy ligada ishlash imkoniyati tug'ilganidan xursandman. To'g'risi, o'zim uchun ham “elita”da bosh murabbiylik qilish ham qiziq tuyulyapti.

- Navbahorning birinchi davradagi o'yinlarini kuzatgan bo'lsangiz, o'yinlar haqida nima degan bo'lardingiz?
- Adashmasam, Navbahorning 4-5 ta o'yinini tomosha qildim. Ularning orasida har xil uchrashuvlar bo'ldi. Masalan, Nasafga qarshi ajoyib o'yin namoyish etildi. O'sha bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi va namanganliklar yaxshi taassurot qoldirishdi. Boshqa uchrashuvlarda, aytaylik, Metallurg bilan kechgan bellashuv yaxshi chiqmadi. Nimagadir o'sha kuni Navbahor jamoasiga barqarorlik etishmadi. Endi jamoada hamma narsani joy-joyiga qo'yamiz, futbolchilar bilan jiddiy tarzda gaplashib olamiz. Professional tarzda ish olib boramiz. Jamoaviy muhitni yarata olishimiz kerak. CHunki, hamjihatlikda gap ko'p.

- Endilikda tarkibda qanday o'zgarishlarni ko'ramiz?
- Navbahorning 70-80 foiz tarkibini saqlab qolamiz. Albatta, qo'shimcha o'zgarishlar bo'ladi. Bir qator yangi o'yinchilarni taklif qilyapman. SHunga qarab tegishli taktikalarni qo'llaymiz. Jamoamizga ikkita yaxshi saviyadagi hujumchini chorlaymiz.

- Pishur bilan jamoadan yana kimlar ketdi?
- To'g'ri Pishur jamoadan ketdi. Igor Golban uyiga ketgan. Ammo, uning masalasi hozircha ochiq turibdi. U bilan telefon orqali gaplashamiz, agarda Navbahorda yana to'p surish xohishi bo'lsa, olib qolamiz. Anvar Rajabov ham ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazadi.

- Ularning o'rnini qaysi futbolchilar bilan to'ldirishni rejalashtiryapsiz?
- Ularning o'rniga falonchi-pistonchilar keladi deb ayta olmayman. Norin jamoasidan darvozabon Artur Parvanov, hujumchi Vladislav Aleksin va himoyachi Murod To'ychiboevni Navbahorga olib o'tamiz. Balki Sarvar Safarovni ham chaqirarmiz. Yangi o'yinchilarni faqat Norindan olmaymiz. Yana boshqa futbolchilar bilan ham gaplashyapmiz.


- Murabbiylar shtabida Sizga kimlar yordam beradi?
- Fayzulla Ahmedov, Arslon Tolipov va Rustam Do'rmonov yordam berishadi, bu aniq.

- Yaxshi bilasiz, Namanganda muxlislar juda talabchan. Siz esa oliy ligada endi ish boshlayapsiz. SHuni hisobga olganda, yangi, debyutant murabbiysiz. Kuchli bosimga dosh bera olasizmi? Umuman olganda, ulkan chaqiriqqa tayyormisiz?
- O'yinchi bo'lganimda ham bosim bo'lgan. Bilasizmi, nafaqat Navbahorda balki, boshqa klublarda ham bunday yuqori masuliyat bo'ladi. Eng asosiysi, inson to'g'ri ishlashi kerak. O'z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim. Murabbiy sifatida o'z ishimni bajaraman. Haqqoniy ravishda mehnat qilish lozim. Agar natija ko'rsata olsangiz, hech kim Sizga halaqit qilmaydi.

- Ikkinchi davradagi maqsadingiz qanday?
- Ayni paytdagi vazifa oliy ligada qolish. U yog'ini esa vaqt ko'rsatadi. To'g'risi, hozirda aniq maqsad qo'yilmagan. Imkon qadar g'alabalar bilan muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz.

- Jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi qanday?
- 8 iyul kuni jamoa bazasida to'planamiz. Namanganda 2-3 kun bo'lamiz. Keyin 11 yoki 12 iyulda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi oromgohga ketamiz va o'sha erda yig'in o'tkazamiz. U erda barcha sharoitlar bor. 10 kun davomida jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratamiz. Keyin Namanganga qaytamiz. 23 yoki 24 iyulda Toshkentga boramiz. Poytaxtda o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. SHu tariqa ikkinchi davraga tayyorlanamiz.

- Har qanday murabbiyning o'ziga xos dasturlari bo'ladi. Sizning Navbahorni kuchaytirish rejalaringiz nimalardan iborat?
- Bilasizmi, hozirda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Bunday ishlarga qo'l urishimizga vaqtimiz ham etmaydi. Jamoa o'zagini qoldiramiz. Faqat ularga ayrim o'yinchilarni qo'shib olamiz. Bu yilgi chempionatni o'tkazib olsak, keyingi yildan yana yangicha maqsadlarni qo'yamiz. Muhimi, ahil va inoq jamoani tuzmoqchimiz. Hamma bir-birini qo'llab-quvvatlasa natija ham bo'ladi.

- Murabbiylarning yoqtirgan o'yin uslublari bo'ladi. SHunday ekan, Siz qanday futbol tarafdorisiz?
- Taktikami? Hujumkor o'yin ko'rsatish menga yoqadi. O'zim ham hujumchi bo'lganman va shuning uchun shunday uslubni xush ko'raman. Uchrashuv paytida ikkita, kerak bo'lsa uchta hujumchi bilan ham o'ynaymiz. Faqat buni o'yinni borishi va raqibga qarab qo'llash mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика