So’nggi yangiliklar

00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3

Rauf Inileev: "Maxtaaral"ni qabul qilib olishimga bir qator sabablar bor" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Maxtaaral"ni qabul qilib olishimga bir qator sabablar bor"

Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan hamyurtimiz Rauf Inileev o'tgan oy Qozog'istonning "Maxtaaral" klubida bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi.
- Rauf Talgatovich, Osiyoning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan mutaxassis qanday qilib Qozog'iston birinchi ligasi klubida paydo bo'ldi?
- Bilasizmi men faxriylar o'rtasidagi o'yinlarda qatnashib turaman. Toshkentdagi o'yinlardan birida Maxtaaral tumanida yashovchi odam ham futbol o'ynagandi. U menga tuman hokimi yordamida bu erda futbolni rivojlantirishni istayotganini aytdi. Men og'ir davrni boshdan kechirdim, turmush o'rtog'im uzoq vaqt kasal bo'lib 2012 yilda vafot etdi. Ikki yil hech qaerda ishlaganim yo'q. Nimanidir o'zgartirish vaqti kelgandi. SHu sabab bu klub taklifini qabul qildim. Bundan tashqari Maxtaaral Toshkentdan atiga 90 kilometr uzoqlikda.

- O'zbekiston milliy terma jamoasida ishlab ko'rgan murabbiyning Qozog'iston quyi ligasida ish boshlashi baribir qiziq?
- To'g'risini aytsam men faqat O'zbekiston terma jamoasida emas turli ligalarda ham ishlaganman. Futbol barcha darajada qiziqarli. Albatta, bu klub infrastrukturasi hozircha juda yomon. Ammo bularni barini yaxshilashga urinamiz.

- Yig'inlarda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazdingizmi?

- Toshkentdagi yig'inda to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Albatta, yangilarni ko'zdan kechirdik. Tekin futbolchilar hozir deyarli yo'q, agar moliya yaxshi bo'lsa kuchli jamoa tuzsa bo'ladi.

- Aynan qaysi jamoalarga qarshi o'ynadinglar?
- Toshkentda hozir o'ziga jamoa qidirayotgan futbolchilardan tuzilgan jamoalar yig'in o'tkazishmoqda. Aynan shunday jamoalarga qarshi uchta bahs bo'lib o'tdi. Yana Buxoroga qarshi o'ynadik, ular aralash tarkib bilan maydonga tushishdi. Bu jamoani Edgar Gess boshqarmoqda. Biz 2:1 hisobida zafar quchdik. O'yin bo'yicha maydonda teng kuchli jamoalar o'ynashdi, bu meni xursand qildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика