So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Rasmus Xoylunn: MYU uchun 75 mln evrolik forvard (mutolaa uchun) Yangiliklar

Rasmus Xoylunn: MYU uchun 75 mln evrolik forvard (mutolaa uchun)

Mankunianlarning qimmatbaho yangi o'yinchisi haqida gaplashamiz.

"Manchester Yunayted" uzoq vaqt yangi markaziy forvard izladi. MYUni ko'plab taniqli o'yinchilar bilan bog'lashdi. Bu ro'yxatdan Xarri Keyn, Viktor Osimxen, Lautaro Martines va boshqalar o'rin olishdi. Ammo, mankunianlar "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylun bilan shartnoma imzolashga etibor qilgan holda kutilmagan yurish qilishdi.

Katta ehtimol bilan yosh daniyalikni "Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag juda ham xohlagandi. MYU bergamoliklarga 20 yoshli hujumchi uchun bonuslarsiz 75 mln evro to'ladi. Futbolchi 5 yillik shartnoma imzoladi va uning markaziy forvard poziciyasini uzoq yillar yopishi kutilmoqda.

Xoylunn Kopengagenda o'sgan. Futbol unga o'z vaqtida professional o'yinchi bo'lgan otasidan o'tgan. Oila boshlig'i Rasmus va uning kenja egizak ukalari Emil va Oskarga huddi shunday yo'ldan borishlari uchun barchasini qildi.

Rasmusning o'yinlari sabab unga yoshligidanoq umidlar bog'landi, shu tufayli u "Brondbyu" va "Xolbek" akademiyalariga bordi. Jonajon shahri klubi Xoylunn bilan 2017 yilda bog'landi. Iqtidorli hujumchi tezda "Kopengagen" mutaxassislarida taassurot qoldirdi. U U-19 jamoasidagi 27ta o'yinda 15ta gol urdi.



Rasmus "Kopengagen"ning birinchi jamoasida 2020 yilning oktyabrida "Orxus"ga qarshi o'yinda debyut qildi. Xoylunn poytaxt klubida jami 32ta o'yinda harakat qildi, ammo atigi 5ta gol urdi. "Kopengagen" yosh forvardning o'sishini kutib o'tirmadi va 2022 yilning yanvarida uni Avstriyaning "SHturm"iga sotib yubordi. Transfer narxi deyarli 2 mln evroni tashkil etdi.

Rasmus "SHturm" safidagi ilk o'yindayoq dubl qayd etdi. Jamoani o'sha paytda ham, hozir ham boshqarib borayotgan Kristian Ilcer Xoylunning o'z tengdoshlaridan sezilarli darajada oldinlab ketayotganini tezda tushundi. "SHturm" uning yordami bilan Avstriya Bundesligasida "RB Zalcburg"dan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi va CHempionlar ligasi saralashiga chiqdi. U erda esa Avstriya klubini Kievning "Dinamo"si to'xtatib qoldi. Daniyalik ikki o'yinlik qarama-qarshilikda "SHturm"ning yagona golini urdi.

Rasmus Avstriya Bundesligasidagi dastlabki besh o'yinda 5ta gol urdi va bu etiborsiz qolmadi. Xoylunni ko'plab klublar, jumladan "Bryugge" va "Nyukasl" kuzatishni boshladi. Ammo, o'yinchi uchun kurashda "Atalanta" g'olib bo'ldi. "SHturm" italyan klubining 17 mln evrolik taklifini qabul qildi. Daniyalik bergamoliklar safiga 2022 yilning yozida o'tdi. Avstriyaliklar u jamoada atigi 6 oy o'ynaganiga qaramay, futbolchini qo'yib yuborishdi.



Rasmus Bergamoga kelganidan so'ng ilk bor Daniya terma jamoasiga chaqirildi. U Franciya terma jamoasiga qarshi Millatlar ligasi o'yinida zaxiradan debyut qildi va bahsda jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. SHuningdek, yosh forvard "Atalanta"ga o'tganidan keyingi bir necha oylarda zaxira roliga ko'nikishiga to'g'ri keldi.

Xoylunn sentyabrdan dekabrgacha A Seriya o'yinlarida asosiy tarkibda atigi 4 bor maydonga chiqdi, ammo o'tgan oy so'nggida asosiy tarkibga ko'proq yaqinlashib bordi. Forvard 2023 yilning boshidan beri ketma-ket uchta o'yinda to'p kiritdi. Ayniqsa futbolchining fevralda "Lacio"ga qarshi o'yini taassurot qoldirdi. Daniyalik bergamoliklarga mehmondagi o'yinda g'alabaga erishishda yordam berdi va bosh murabbiy Jan Pero Gasperinidan omma oldida maqtov oldi.

Rasmus martda milliy jamoaga qaytdi va unda ajoyib o'yinlar ko'rsatdi. Forvard Finlyandiyaga 3ta, Qozog'istonga esa 2ta to'p kiritdi. Xoylunn xalqaro tanaffusdan so'ng "Atalanta" safida ham porlashda davom etdi. U barcha musobaqalarda 34ta o'yinda 10ta gol va 4ta assist qayd etdi. Gasperini uning tarkibida katta iqtidor paydo bo'lganini bildi, ammo o'yinchini hali ko'p ishlash kerakligi haqida ogohlantirdi.



Rasmusning "Atalanta" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan edi, ammo u yaqinda yangi sayohatga yo'l oldi. Gasperinining ogohlantirishiga katta ehtimol bilan jamoasidagi asosiy o'yinchilardan birining yo'qotishni istamagani sabab bo'lgan. Ammo, MYU daniyalik uchun yanada yaxshiroq joy bo'lish ehtimoli bor, u Manchesterda ten Xag qo'l ostida o'z imkoniyatlarini to'liq ochishi mumkin.

Jismoniy jihatdan yaxshi holatda bo'lgan Xoylunnda yaxshi tezlik va futboldagi aql bor. U tezlanish uchun to'g'ri vaqt tanlay oladi, to'pga yaxshi egalik qiladi va gol sezish qobiliyatiga ega. Daniyalik kuchini shunchaki bekorga sarflamaydi. U o'z poziciyasida qoladi va zarbalarni asosan raqib jarima maydoni tashqarisidan yo'llaydi.

Rasmus umuman olgan APL va qisman MYU uchun yaxshi mos tushadi. Unda Brunu Fernandesh, Markus Reshford va Kazemiro kabi o'yinchilar bilan "Old Trafford"da muvaffaqiyat qozonish uchun barchasi bor. Unga faqatgina o'zini ko'rsatish uchun platforma kerak. "Yunayted" buni unga taqdim etishi mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan o'iynchilar jamoadoshlarini kuchaytirishi mumkin. Daniyalik assist qilishni yaxshi ko'radigan tajribali futbolchilardan yaxshi qo'llab-quvvatlash oladi.



Muxlislar uchun Xoylunning MYU muxlisi ekanligi yaxshi xabardir. U bu haqda "Yunayted"ga o'tganidan keyingi ilk intervyularidan birida aytib o'tdi. Futbolchining adaptaciyasiga uning Daniya terma jamoasidagi sherigi Kristian Eriksen ham yordam beradi. Oldinroq u vatandoshini "Old Trafford"da tasavvur qila olishini takidlagandi. Forvardga yana bir foydali jihati shundaki, uning murabbiyi yosh o'yinchilar bilan ishlashni yaxshi ko'radigan va buni ko'p marta "Ayaks"da isbotlagan mutaxassis bo'ladi.

Ten Xegning rejasi MYUni to'pga egalik qiladigan dominant jamoaga aylantirishdir. Mankunianlar hozirda qarshi hujumlarga etiborlarini qaratishmoqda, bu esa Rasmusni mos hujumchi qiladi. Xoylunn odatiy markaziy forvard sifatida hujumni shakllantirishdan ko'ra uning yakunida yaxshiroq harakat qiladi. Ten Xag "Yunayted" ko'p jihatdan "Manchester Siti" bilan tenglashishga urinishini yashirmadi. Endi esa MYUning o'z Xolandi bor.


Footballhd.ru saytida Goal materiallari asosida tayyorlandi. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика