

Yangi mavsum uchun qur'a tashlash marosimi esa 8 fevral kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadi. “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan marosim “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 jamoa ishtirok etadi. Quyi ligaga tushib ketgan “Dinamo”ning o'rniga A Pro-liga g'olibi – “Mashal” ishtirok etadi.



