Rasmiy xabar: "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov istefoga chiqdi
16 apr 2019 20:58
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov istefoga chiqdi
Yig'ilishda bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Xususan mavsum avvalidagi jamoaning qayt etayotgan muvaffaqiyatsiz o'yini taxlil etildi. SHuningdek yig'ilishda shu kunga qadar jamoani boshqarib kelayotgan Baxrom Haydarov oilaviy sharoiti tufayli o'z arizasiga binoan istefoga chiqarildi. Xaydarov o'rniga esa vaqtinchalik bosh murabbiylik vazifasi Abdusamad Do'rmonov topshirildi.
Ushbu murabbiy ham jamoaga begona emas. Abdusamad Do'rmonov futbolchilik faoliyati davomida ham jamoa tarixida o'zining beqiyos o'rniga ega ekanligi ko'pchilikga malum bo'lsa kerak. "Neftchi" jamoasining besh karra mamlakat chempionligini qo'lga kiritilishida ham Do'rmonov o'zining ulkan xissasini qo'shgan futbolchi hisoblanadi.
Ilhom Zaylobidinov Diyor Alijonov va Xislat CHilmatov bosh murabbiyga yordam berishda davom etadi.
Bahrom Haydarov Sotivoldievichga esa jamoada olib borgan halol mehnatlari va yosh iqtidorlarni tarbiyalashda ko'rsatgan xizmatlari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlarida omad tilaymiz, - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar