Rasmiy xabar: "Nasaf" "Ahal"ga qarshi o'yinni Qarshida o'tkazadi
07 iyu 2021 10:14
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Nasaf" "Ahal"ga qarshi o'yinni Qarshida o'tkazadi
Osiyo futbol Konfederaciyasi OFK kubogiga doir bir qator yangiliklarni elon qildi.
Unga ko'ra Markaziy mintaqaning ikki guruhi g'oliblari "Nasaf" (O'zbekiston) va "Ahal" (Turkmaniston) o'rtasidagi o'yin Qarshida o'tkaziladi. 25 avgust kuni bo'ladigan mazkur o'yin g'olibi OFK kubogi yarim finaliga chiqadi.
Pandemiya tufayli G, H va I guruhi bahslari to'lig'icha bekor qilindi. Bugun, 7 iyul kuni OFK kubogi pley-off bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tishi kerak edi. OFK qurani taxminan 4 avgustga qoldirdi.
Fikrlar