Rasmiy xabar. Krixovyak PSJ futbolchisiga aylandi
03 iyu 2016 16:55
Yangiliklar
Rasmiy xabar. Krixovyak PSJ futbolchisiga aylandi
Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak faoliyatini Franciya chempioni “Pari-Sen-Jermen” klubida davom ettiradi.
“Sevilya” klubining 26 yoshli futbolchisi “PSJ” bilan rasman shartnoma imzoladi. Parijliklar bilan kelishuv 2021 yilga qadar amalda bo'ladi.
Gjegojni shaxsan “Sevilya” klubining endilikda sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri Parijga taklif qildi. Emeri shu hafta “PSJ” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Eslatib o'tamiz, Krixovyak 2014 yili Franciyaning “Reyms” jamoasidan “Sevilya”ga ko'chib o'tgan edi. Polshalik futbolchi andalusiyaliklar tarkibida 90ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar