Rasmiy xabar: Keyingi yil U-23 Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tadi
18 mar 2021 12:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625907_original.jpg)
![](/upload/storage/625907_220.jpg)
Rasmiy xabar: Keyingi yil U-23 Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tadi
OFK 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonda o'tishini rasman elon qildi.
Ushbu musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida o'tkaziladi. Bu haqda championat.asia OFK rasmiy saytiga tayanib xabar berdi. 2022 yilgi musobaqa 6 sentyabr kuni start oladi va 25 sentyabr kuni final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionatini o'tkazishi kerak edi va unga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Pandemiya tufayli ushbu musobaqa bekor qilindi.
U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari 2021 yilning 23-31 oktyabr kunlari oralig'ida markazlashgan holda o'tkaziladi. Qaysi guruh o'yinlari qaysi davlatda o'tishi keyinroq malum qilinadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar