Rasmiy xabar: Igor Sergeev - "Tobol" futbolchisi
19 iyu 2021 13:41
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Igor Sergeev - "Tobol" futbolchisi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Qozog'iston chempionati peshqadami "Tobol" safida davom ettiradi.
Bu haqda "Tobol" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Kostanay klubi Sergeevni "Aktobe"dan sotib oldi va mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzdi.
Hamyurtimiz "Tobol" safida 77-raqamda o'ynaydi. Sergeev yangi klubi safida debyutini 22 iyul kuni o'tkazishi mumkin. SHu kuni "Tobol" Evropa Konferenciya Ligasi saralash bosqichi doirasida Xorvatiyada Splitning "Xayduk" klubiga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar