Rasmiy xabar: Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan shartnoma tuzdi
11 fev 2014 11:00
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan shartnoma tuzdi
Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadigan bo'ldi.
Hujumchi
kecha Splitning "Xayduk" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Xorvatiya klubi rasmiy sayti xabar berdi. Turkiyada jamoa
yig'inida ishtirok etgan futbolchining harakatlari xorvatiyaliklarga maqul
keldi. Endi u tegishli hujjatlarni to'g'rilab bo'lgach, Xorvatiyaga jo'nab
ketadi. Uning tanishtiruv marosimi hujumchi Xorvatiyaga etib borgach
o'tkazilishi mo'ljallangan.
Abduxoliqov "Xayduk"ning Turkiya yig'inida "Dinamo" Tbilisiga qarshi maydonga tushgandi. Yangi jamoasida Temurxo'ja 15-raqamli libosda harakat qiladi.
Abduxoliqov "Xayduk"ning Turkiya yig'inida "Dinamo" Tbilisiga qarshi maydonga tushgandi. Yangi jamoasida Temurxo'ja 15-raqamli libosda harakat qiladi.
Fikrlar