Rasmiy xabar: Edgar Gess - "Andijon" bosh murabbiyi
26 sen 2014 09:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/145757_original.jpg)
![](/upload/storage/145757_220.jpg)
Rasmiy xabar: Edgar Gess - "Andijon" bosh murabbiyi
“Andijon” jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lganini va Edgar Gessni Andijonga kelgani to'g'risida xabar qilib o'tgandik.
Kecha tajribali bu murabbiy bilan muzokaralar o'tkazildi va Edgar Yakovlevich “Andijon” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Malum muddatli tanaffusdan so'ng Gess “Andijon”ga qaytdi. Unga Oleg Tyulkin katta murabbiy hamda Vitaliy Legay jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida yordam berishadi. Darvozabonlar murabbiyligiga Server Esatov taklif etildi. Kecha kunning ikkinchi yarmida Edgar Yakovlevich “Andijon”dagi birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Bugun vodiy derbisida “Navbahor”ga qarshi o'yinga andijonliklar Edgar Gess qo'l ostida maydonga tushadilar.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar