Rasmiy xabar: Davron Fayziev "So'g'diyona"da ishlashda davom etadi
26 dek 2014 11:42
Yangiliklar

Rasmiy xabar: Davron Fayziev "So'g'diyona"da ishlashda davom etadi
Xabaringiz bor, Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Davron Fayziev ishdan ketish haqida ariza yozgandi.
Bugun Jizzaxdagi yangi stadionida "So'g'diyona" klubi muxlislari yig'ilishdi. Ular hokimlikdan Davron Fayzievning o'z vazifasida qolishini so'rashdi.
Klub rahbariyati va muxlislar o'rtasidagi uchrashuv yakuniga ko'ra Davron Fayziev o'z vazifasini davom ettirishi malum bo'ldi. Fayziev va uning yordamchilarining ishdan bo'shash haqidagi arizasi qanoatlantirilmadi.
"So'g'diyona" klubi matbuot xizmati

Fikrlar