Rasman: "Roma" xaridni amalga oshirdi

Alisher
11 iyul 2019, 13:40
"Betis" darvozaboni Pau Lopes "Roma"ga o'tdi.

Transfer 2,5 million evroni tashkil etdi. 24 yoshli futbolchi klub bilan 2024 yil iyunga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekdi.

Lopes faoliyatini "Espanol"da boshlagan. U 2016 yilda "Tottenxem" klubiga ijaraga berilgan, ammo London klubida birorta ham o'yin o'tkazmagan.

2018 yilda Lopes erkin agent maqomida "Betis"ga o'tdi va 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Darvozabon yakunlangan mavsum klubi safida 35ta o'yin o'tkazib, 49ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN