Rasman: “Roma” SHomurodovni A Seriya yangi mavsumi uchun qaydnomadan o'tkazdi. Ro'yxatga Dibala va Veynaldum ham kiritildi
14 avg 2022 07:50
Yangiliklar


Rasman: “Roma” SHomurodovni A Seriya yangi mavsumi uchun qaydnomadan o'tkazdi. Ro'yxatga Dibala va Veynaldum ham kiritildi
Vanihoyat, A Seriya rasmiy saytida 2022/23 yilgi mavsumda qatnashadigan barcha jamoalarning qaydnomasi elon qilindi.
Unga ko'ra, “Roma” ro'yxatdan 25 futbolchini o'tkazdi va ular orasida Eldor SHomurodovning (14-raqam) ham nomi bor. SHuningdek, yozgi transfer oynasi vaqtida rimliklar safiga kelib qo'shilgan Paulo Dibala (21-raqam) va Jorjino Veynaldum (25-raqam) ham ro'yxatda bor.
“Bo'rilar” bugun mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini safarda “Salernitana”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Salernitana |
Serie A . 1-tur 15/08/2022, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Roma Bryan Cristante - 33' |
Stadion: Stadio Arechi, 24983 tomoshabin
Bosh hakam: Simone Sozza
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar