Rasman: PSJ Tuxelning istefosini elon qildi
29 dek 2020 14:46
Yangiliklar
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, nemis mutaxassisining istefosi borasidagi qaror jamoaning sport ko'rsatkichlari chuqur tahlil qilingandan so'ng qabul qilindi.
"Tomas Tuxel va uning shtabiga klub uchun bergan barcha narsalari uchun minnatdorchilik bildiraman. Tomas o'z ishiga katta kuch va ishtiyoq sarf qildi va albatta biz yaxshi o'tkazgan vaqtlarimizni eslaymiz. Unga eng yaxshilarini tilayman", - deydi PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi.
Tuxel PSJni 2018 yilning iyulidan beri boshqarayotgan edi. Jamoa uning qo'l ostida barcha musobaqalarda 127ta o'yin (95 g'alaba, 12 durang va 20 mag'lubiyat) o'tkazdi.
Parijliklar ikki chempionlik tituli, Franciya Kubogi va liga Kubogini qo'lga kiritishdi. Avgustda PSJ CHempionlar Ligasi finalida o'ynadi.
Xabarlarga ko'ra, francuz klubining yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar