Rasman: Ospinaning o'rnini egallaydigan darvozabon Ar-Riyodga uchib keldi. U ham legioner
24 jan 2023 07:45
Yangiliklar


Rasman: Ospinaning o'rnini egallaydigan darvozabon Ar-Riyodga uchib keldi. U ham legioner
“Boka Xuniors” kiperi Agustin Rossi faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
U ijara asosida mavsum oxirigacha “Al Nassr”da harakat qiladi. Oldingi malumotlarga ko'ra, riyodliklar 27 yoshli posbonning ijarasi uchun 1 mln 200 ming evro atrofida to'laydi.
Avvalroq, “Al Nassr”ning asosiy darvozaboni David Ospina jarohat olib, operaciya qilingandi. Uning tiklanishi uchun esa 6 haftaga yaqin muddat kerak bo'ladi.
Rossi bugun Ar Riyodga uchib keldi va tez orada tibbiy-ko'rikdan o'tib, yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Yozda esa u erkin agent sifatida “Flamengo”ga o'tadi. Rossining transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar