Rasman: "Milan" hujumchisi "Ayntraxt"ga o'tdi
11 sen 2020 00:55
Yangiliklar


Rasman: "Milan" hujumchisi "Ayntraxt"ga o'tdi
"Ayntraxt" hujumchi Andre Silvaning "Milan"dan transfer qilinganini elon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik "Ayntraxt" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumda u ushbu jamoa safida ijarada o'ynab, Bundesliganing 25 o'yinida 12 gol hamda 4 assist qayd etgandi.
"Andreni yuqori pog'onalarga olib chiqishga ishonamiz. 2023 yilga qadar tarkibimizda yuqori saviyali hujumchi o'ynashidan xursandmiz", - dedi klub sport direktori Fredi Bobich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar