

Bu ma'lumotni Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino tasdiqladi.
“Messi Olimpiadaga bormaydi. U haddan ziyod ko'p o'yinlarda maydonga tushyapti. Oldinda Amerika Kubogi, JCH-2018 saralash o'yinlari turibdi. Qolaversa, “Barselona”ning kubok va chempionatdagi uchrashuvlari bor. Bunday holatda Olimpiada o'yinlari ortiqchalik qiladi. To'g'ri, menga natija muhim, lekin bunda futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ya olmayman”, - dedi Martino.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2008 yili Argentina terma jamoasi tarkibida Pekin Olimpiadasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi. Braziliyadagi bu yilgi Olimpiada esa 5-21 avgust kunlari o'tkaziladi.



