Rasman: "Liverpul" Nike bilan shartnoma imzoladi
07 jan 2020 14:18
Yangiliklar


Rasman: "Liverpul" Nike bilan shartnoma imzoladi
AQSHning sport ekipirovkalari ishlab chiqaradigan Nike kompaniyasi "Liverpul"ning yangi texnik homiysiga aylandi.
Uzoq muddatli shartnoma 2020 yilning 1 iyunidan amal qiladi. Nike 2020/21 yilgi mavsum boshidan jamoa uchun o'yin, mashg'ulot va boshqa ekipirovkalarni taqdim qiladi.
"Qizillar"ning hozirgi hamkori New Balance hisoblanadi. Bir mavsum uchun 45 million funt miqdoridagi hozirgi shartnoma 2020 yilning mayida yakunlanadi.
New Balance kuzda sud yordamida "Liverpul" bilan hamkorlikni davom ettirishga urinib ko'rdi, ammo arbitraj klub tomonida bo'ldi.
Oldinroq malum bo'lganidek, "Liverpul" va Nike o'rtasidagi bitim APL uchun moliyaviy jihatdan rekord bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar