Rasman: Konte - "Tottenxem" bosh murabbiyi

Alisher
2 noya 2021, 17:08
"Tottenxem" bosh murabbiylikka Antonio Konteni tayinladi.

London klubi italiyalik bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

U "Tottenxem"da yaqindagi iste'foga chiqarilgan Nunu Eshpiritu Santuning o'rnini egalladi.

Eslatib o'tamiz, "shporlar" Angliya chempionati turnir jadvalida 10 turda 15 ochko jamg'argan holda, 8-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial