So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Rasman: "Jayxun" – Pro liga ishtirokchisi Yangiliklar

Rasman: "Jayxun" – Pro liga ishtirokchisi

2023 yilgi mavsumdan buyon Liga qatnashchisi bo'lib kelayotgan "Jayxun" Pro ligada kurash olib boradi.

Klub 2023 yilni birinchilikda 9-o'rinda yakunlagan bo'lsa, 2024 yilga kelib G'arbiy mintaqada "Nasaf farm" jamoasidan keyin ikkinchi bo'ldi va Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichida ishtirok etdi. O'tgan ikki mavsum davomida "Jayxun" moliyaviy holati bo'yicha muammolar kuzatilmadi. 

Kuni kecha Liga rahbariyati hamda Qoraqalpog'iston futbol associaciyasi vice-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda "Aral" klubining holati, "Turon" stadionida davom etayotgan ishlar va uning Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun qachon tayyor bo'lishi, 2024 yilgi mavsum Birinchi ligada debyut qilgan "Aral" akademiyasi rejalari va albatta "Jayxun" masalasida suhbat bordi.  

Avvalroq ham har ikki tomon "Jayxun"ning Pro ligada ishtirok etishi masalasini muhokama qilgan bo'lib, unda Liga bu bo'yicha o'z talablarini bildirgandi. Jumladan, klub tashkil topganiga ikki yildan oshganidan kelib chiqib, Liga uni OFK licenziyalashiga jalb qilishni rejalashtirgan. SHuningdek, "Jayxun" O'FA tomonidan tasdiqlab berilgan yo'riqnoma asosida o'z futbolchilari bilan mehnat shartnomasi tuzishda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining ikki barobari nisbati o'lchoviga rioya qilishi kerak. Qo'shimchasiga, 2025 yilda "Jayxun" futbol maktabi vujudga kelishi lozim. 

Mazkur talablar hududiy associaciya hamda Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi tomonidan muhokama qilingan bo'lib, Kenges "Jayxun"ning Pro ligada ishtiroki etishi bo'yicha xarajatlar smetasini tasdiqlagan. SHuningdek, "Jayxun" shartnoma asosida Respublika sport o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlik qiladi. Yani, mazkur maktab futbolchilari Jayxun tarbiyalanuvchilari sifatida Liga ro'yxatidan o'tkaziladi. 

Liga Qoraqalpog'iston futboli so'nggi uch mavsum davomida aniq reja va principlar asosida faoliyat olib borayotganini qayd etadi. Ishonamizki, bosqichma-bosqich qo'yilayotgan mazkur qadamlar yaqin yillar ichida respublika futbolini yangi darajaga olib chiqadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика