Rasman: Ikrom Aliboev faoliyatini Janubiy Koreya klubida davom ettiradi
27 dek 2022 11:30
Yangiliklar
Rasman: Ikrom Aliboev faoliyatini Janubiy Koreya klubida davom ettiradi
Yarim himoyachi Janubiy Koreya K ligasi ishtirokchisi safiga o'tdi.
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Ikrom Aliboev 2022 yilgi mavsum jamoa bilan Superligada g'olib chiqdi.
Janubiy Koreyaning "Kanvon" klubi yurtimizda mavsum yakuniga etgach, Aliboevni o'z tarkibiga qo'shib olish istagi haqida malum qildi. Klublar o'rtasidagi muzokaralardan so'ng Ikrom faoliyatini "Kanvon" safida davom ettiradigan bo'ldi. U mazkur jamoaga transfer qilindi.
Avvalroq Ikrom Aliboev Janubiy Koreya klubiga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, "Kanvon" bosh murabbiyi CHoi Yung Su hisoblanadi. U o'z vaqtida "Seul"da Aliboev bilan birga ishlagan.
Fikrlar