Rasman: Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi
04 iyu 2023 18:54
Yangiliklar
Rasman: Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi
"Paxtakor" klubi o'z tarbiyalanuvchisi Hojimat Erkinovni jamoaga qaytardi. "SHerlar" uni "Torpedo"dan ijaraga olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Erkinov 2020, 2021 va 2022 yillarda "Paxtakor"ning chempionlikka erishishiga o'z hissasini qo'shgan. "SHerlar" tarkibida Superligada 37 o'yinda 6 gol urgan, CHempionlar Ligasida esa 13 bahsda 2 gol muallifiga aylangan. Moskvaning "Torpedo" klubi bilan kelishuv asosida Erkinov bir yilga ijaraga olindi", - deyiladi klub xabarida.
Bundan tashqari, Erkinov "Paxtakor" matbuot xizmatiga qisqa intervyu ham bergan.
- Meni tarbiyalagan qadrdon jamoam "Paxtakor"ga qaytganimdan xursandman. Superliganing ikkinchi davrasida chempionlik ananasini davom ettirishda yordam berishni xohlayman. CHempionlar Ligasida ham muxlislarimizni quvontiradigan o'yinlar ko'rsatishga harakat qilamiz. Bor kuchim bilan klubimga yordam berishga intilaman. Ishqibozlarni mavsumning ikkinchi qismida chiroyli futbol bilan quvontiramiz degan umiddaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar