Rasman: Garri Maguayr - "Manchester Yunayted" futbolchisi
05 avg 2019 16:45
Yangiliklar


Rasman: Garri Maguayr - "Manchester Yunayted" futbolchisi
Nihoyat, "Manchester Yunayted" klubi "Lester" himoyachisini transfer qilganini elon qildi.
26 yoshli ingliz "Qizil iblislar" bilan 6 yillik bitimga imzo chekdi. SHartnomaga ko'ra, kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.
Britaniya nashrlarining malum qilishicha, MYU "Lester"ga 80 million funt sterling to'lab beradi. SHu tariqa, Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Garri Maguayr "tulkilar" safiga 2017 yil "Xall Siti"dan o'tgan va 76ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar