Rasman: Galte PSJni tark etdi
05 iyu 2023 15:31
Yangiliklar


Rasman: Galte PSJni tark etdi
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiy Kristof Galte bilan kelishuvni o'zaro kelishuv asosida buzdi.
Galte PSJda 2022 yil 5 iyul kuni ish boshlagan. Uning qo'l ostida Parij klubi 50 ta o'yin o'tkazdi (34 g'alaba, 6 durang va 10 mag'lubiyat). 56 yoshli mutaxassis PSJ bilan Franciya Superkubogi va Liga 1da zafar quchdi.
Takidlanishicha bugunning o'zida Luis Enrike parijliklar bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar