Rasman: Flik “Bavariya”dan ketishini elon qildi
17 apr 2021 21:50
Yangiliklar
Rasman: Flik “Bavariya”dan ketishini elon qildi
Myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flik mavsum yakunlangach klubdan ketadi.
“Klub bilan shartnomani bekor qilmoqchiman, ha shunday. Sabablar esa o'rtamizda qoladi.
Bu haqda jamoaga o'zim aytishim juda muhim edi, chunki mish-mishlar hozirdan ko'paymoqda.
Kelajagim esa hali ham aniq emas. Terma jamoada ishlash bo'yicha muzokara o'tkazmadik. Albatta, har qanday mutaxassis Germaniya TJga murabbiylik qilishni xohlaydi, ammo oldin buni o'ylab olishim zarur. Oxirgi haftalar men uchun oson o'tmadi. SHuning uchun ham klub va jamoaga barchasini aytishim juda muhim edi”, deydi Flik.
56 yoshli mutaxassisning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha edi. Jurnalist Fabricio Romano xabar berishicha, Yoaxim Lyov termani tark etganidan keyin Flik uning o'rnini egallaydi.
Fikrlar