Rasman: Eron klubi SHarof Muhitdinov transferini elon qildi
13 fev 2023 14:51
Yangiliklar
25 yoshli futbolchi Eronning "Sanat Naft" klubi bilan shartnoma imzoladi.
SHarof Muhitdinov Abadan jamoasidagi uchinchi legioner bo'ldi. Jamoada undan tashqari, urugvaylik Sebastyan Piris va iroqlik Muhammad Mejer to'p tepadi.
Malumot o'rnida, braziliyalik murabbiy Edson Tavares qo'l ostidagi "Sanat Naft" ayni damda Eron Pro-ligasida 15-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida Muhitdinov legionerga aylanayotganini malum qilgan edik.
Fikrlar