Rasman: Erkin agent sifatida "Tottenxem"ni tark etgan posbon yana jamoaga qaytdi
15 okt 2019 00:15
Yangiliklar


Rasman: Erkin agent sifatida "Tottenxem"ni tark etgan posbon yana jamoaga qaytdi
Joriy yoz Tottenxem bilan shartnomasi yakuniga etgani bois klubdan ketgan Mishel Vorm yana shporlar tarkibiga qaytdi.
Bunga esa londonliklarning asosiy kiperi Ugo Lorisning jarohat olishi sabab bo'lgan. Vorm bilan kelishuv mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan. 35 yoshli darvozabon «Tottenxem» tarkibida o'zi uchun qadrli bo'lgan 13 raqam ostida harakat qiladi.
Malumot o'rnida, Mishel Vorm 2014 yildan 2019 yilga qadar «Tottenxem» darvozasini 47 bahsda himoya etgandi.
O’xshash yangiliklar
14:22
MYU va "Tottenxem" muxlislari Bilbaodagi Evropa ligasi finali oldidan San-Sebastyanda mushtlashishdi 4

Fikrlar