Rasman: Edin Jeko "Inter"ga o'tdi
15 avg 2021 01:15
Yangiliklar
Eldor SHomurodovning "Roma"dagi raqobatchilaridan biri bo'lishi kutilgan Edin Jeko "Inter" klubi bilan shartnoma imzoladi. 35 yoshli futbolchi va "Inter" o'rtasidagi bitim 2023 yil oxiriga qadar davom etadi. Jeko milanliklar tarkibiga bepul qo'shildi. Agarda "Inter" keyingi yil CHempionlar ligasiga yo'llanma oladigan bo'lsa, unda klub "Roma"ga 1,5 mln evro to'lab beradi.
Eslatib o'tamiz, Edin Jeko 2015-16 yilgi mavsumdan beri "Roma"da o'ynab kelar edi.
Fikrlar