Rasman: Dostonbek Hamdamov - "Anji" futbolchisi
16 mar 2018 14:14
Yangiliklar


Rasman: Dostonbek Hamdamov - "Anji" futbolchisi
O'zbekiston terma jamoasi va Bunyodkor klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov Anji bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi.
Bu haqda Rossiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Hamdamov 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. Bir yil oldin esa «Bunyodkor» safida O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritgandi. Ushbu klub safida Hamdamov 2014 yildan buyon 82ta o'yin o'tkazib 33ta gol urdi.
Dostonbek O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari tarkibida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar