Rasman: "Dinamo" Qozog'iston chempionatida to'p tepgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
08 fev 2024 16:01
Yangiliklar


Rasman: "Dinamo" Qozog'iston chempionatida to'p tepgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
"Jamoamiz safida BAAdagi yig'inda ishtirok etgan va hozirda Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ham qatnashayotgan Odil Abdumajidov klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi"
"Dinamo"ning ahil oilasiga xush kelibsiz, Odil!", - deyiladi klub xabarida.
Huquqiy jihatdan "Metallurg" klubiga tegishli 22 yoshli markaziy himoyachi 2022 yilgi mavsumda Qozog'istoning "Ordabasi" klubida 23 o'yinda 2 ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, 2023 yilni "Olimpik" safida o'tkazib, Superligada 24 o'yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Abdumajidov yangi mavsumni "Dinamo" safida boshlashi haqida malumot bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar