Rasman: Diego Maradona yana bosh murabbiyga aylandi
06 sen 2019 08:24
Yangiliklar
Diego Maradona Argentinaning “Ximnasiya va Esgrima” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Maradona mazkur klub bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.
Qayd etish joiz, “Ximnasiya va Esgrima” klubi Argentina chempionatining joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazib, atigi 1 ochko jamg'ardi, xolos.
Eslatib o'tamiz, Maradonaning so'nggi klubi Meksikaning “Dorados” klubi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar