Rasman: "Bunyodkor" jamoani Superligada olib qolishga katta hissa qo'shgan o'yinchi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi
18 dek 13:38
Yangiliklar
Rasman: "Bunyodkor" jamoani Superligada olib qolishga katta hissa qo'shgan o'yinchi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.
PFL matbuot xizmatining xabar berishicha, "Bunyodkor" klubi markaziy himoyachi Bobur Yo'ldoshev bilan kelishuvni 2026 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirdi.
Malumot uchun, Bobur Yo'ldoshev ortda qolgan Superliganing 25-turida "Olimpik"ka qarshi hayot-mamot jangida yagona g'alaba golini kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, Bobur Yo'ldoshev "Bunyodkor" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogi doirasida 12ta o'yinda maydonga tushgan va 2ta gol urib, bitta assist bergan.
Fikrlar