Rasman. Blind Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi
02 iyu 2015 10:12
Yangiliklar

Rasman. Blind Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi
Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Danni bungacha hafta avvalida istefo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Aslida Blind Xiddinkning o'rnini Evro-2016dan so'ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq istefoga chiqarildi.
Gus boshchiligida gollandlar o'tkazilgan 10ta uchrashuvdan atigi 4tasida zafar quchishdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o'tkazishadi.

Fikrlar