Rasman: "Bavariya" "Renn" futbolchisini xarid qildi Yangiliklar

Rasman: "Bavariya" "Renn" futbolchisini xarid qildi

17 yoshli franciyalik hujumchi Matis Tel "Renn"dan "Bavariya"ga o'tdi, deb xabar berdi Germaniya klubi rasmiy sayti.

SHartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Forvard 2020 yilda "Renn" yoshlar jamoasiga kelib qo'shilgandi. U 15 yoshida UEFA Yoshlar ligasida debyut qilgan. 2021 yilning avgust oyida kattalar jamoasi safida ilk bor maydonga tushib, "Renn" tarixidagi eng yosh debyutantga aylangan. 

Futbolchi o'tgan mavsumda jamoa safida 10 ta o'yinda maydonga tushgan.

Hujumchi may oyida bo'lib o'tgan U-17 Evropa chempionatida Franciya termasi bilan musobaqada g'olib chiqqan. U 3 ta gol urgan hamda 1 ta golli uzatmani qayd etgan.

Transfermarkt portali bergan xabarga ko'ra, hujumchining "Bavariya"ga transferi 20 million evroni tashkil qilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика