Rasman: "Bavariya" bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi
22 dek 2019 16:59
Yangiliklar


Rasman: "Bavariya" bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi
"Bavariya" matbuot xizmati jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan Xans-Diter Flik ushbu mavsum yakunlangunga qadar o'z lavozimida qolishini malum qildi.
SHuningdek, agarda natijalar yaxshi bo'lsa, rahbariyat Flik bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkin. Oldinroq klub bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge bosh murabbiyning ayni damdagi faoliyatidan mamnun ekanligi borasida malumotlar berilgandi.
"Bavariya" birinchi davrani peshqadam "Leypcig"dan 4 ochkoga ortda qoldirgan holda 3-o'rinda yakunladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar