Rasman: "Barselona" – "Sevilya" bahsi qoldirildi
07 sen 2021 20:45
Yangiliklar
Rasman: "Barselona" – "Sevilya" bahsi qoldirildi
Oliy sport kengashi La Liganing 11 sentyabr kuni bo'lib o'tishi lozim bo'lgan chempionat doirasidagi "Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi uchrashuvini keyinga surish haqidagi talabini inobatga oldi.
Sport arbitraj sudi sentyabr oyining birinchi haftasida klublardan Janubiy Amerikalik futbolchilarni jahon chempionati saralash bahslariga qo'yib yuborishni talab qildi. SHundan keyin La Liga o'yinni keyinga qoldirishni xohladi.
Biroq raqobat qo'mitasi La Liganing talabini rad etdi. CSD bilan muvaffaqiyatli muzokaralardan so'ng liganing ikkita o'yini: "Barselona" – "Sevilya" hamda "Vilyarreal" – "Alaves" uchrashuvlari qoldirildi.
Ushbu kechiktiruv "Barsa" uchun yaxshi natija beradi, chunki Ronald Arauxo kabi futbolchilar endi 4-tur uchrashuvlari oldidan bir oz dam olishadi.
Aytish joiz, qoldirilgan o'yin sanasi hali elon qilinmadi.
Fikrlar